Blogga qaytish Yangilik 21 Yan, 2026

LAPAROSKOPIYA NIMA ? UROLOGIYADA LAPAROSKOPIK OPERATSIYALAR.

Admin Muallif
LAPAROSKOPIYA NIMA ? UROLOGIYADA LAPAROSKOPIK OPERATSIYALAR.

Laparoskopik operatsiya  – bu zamonaviy, kam invaziv (ya’ni katta kesiksiz) jarrohlik usulidir. Unda shifokor  bemorning qorin bo'shlig'idagi   yoki tos sohasidagi a'zolarni maxsus laparoskop deb ataluvchi asbob yordamida ko'radi va operatsiyani amalga oshiradi.


🔍 Laparoskopiya qanday amalga oshiriladi?
Kichik kesik (odatda 0,5–1 sm) qilinadi qorin sohasida .
Veress ignasi orqali CO₂ gazi yuboriladi, bu ichki a’zolarni ajratib turadi va ko‘rish imkonini beradi.
Laparaskop ( ichida kamera bor naycha kiritiladi )– bu vosita orqali shifokor  monitor orqali ichki a’zolarni ko‘radi.
Kerakli jarrohlik asboblari   boshqa kichik kesik orqali kiritiladi.
Operatsiya tugagach, gaz chiqariladi  va kesiklar tikiladi.


📌 Qanday holatlarda qo'llaniladi?

  • O‘t pufagini olish (xolekistektomiya)
  • Appendiksni olish
  • Ovarial  kista
  • Bachadon yoki tuxumdonni olib tashlash
  • Endometrioz, bepushtlik tekshiruvlari
  • Urologik kasalliklarda 
     

✅ Afzalliklari:

  • Kichik kesik – kam qon yo‘qotish
  • Tezroq sogʻayish (odatda 2–7 kun)
  • Og‘riq oz bo‘ladi
  • Chandiq deyarli qolmaydi
  • Kasalxonada qolish muddati qisqa

Urologiyada laparoskopik operatsiyalar - bu siydik yo'llari va jinsiy a'zolar bilan bog'liq kasalliklarni kichik kesiklar orqali , laparoskop yordamida davolash usuli hisoblanadi. Bu usul an’anaviy operatsiyaga nisbatan kamroq og‘riq, tez tiklanish, va kamroq chandiq qoldiradi.


🔬 Urologiyada eng ko‘p uchraydigan laparoskopik operatsiyalar:

  • Nefrektomiya –buyrakni olib tashlash .Butunlay (total)

    Qisman (faqat o‘simta yoki shikastlangan qismini)

  • Pieloplastika – buyrak va siydik yo'li  (ureter) o‘rtasidagi  toraygan joyni (masalan, ureteropelvik bo‘g‘im torayishida).
  • Ureterolitotomiya – siydik yo‘lida qolib ketgan katta toshni olib tashlash.
  • Varikoselektomiya – moyak atrofidagi vena tomirlarining  kengayishi (varikosele)ni davolash.
  • Orxiektomiya – moyakni olib tashlash (o‘simtalar yoki shikastlanishda).
  • Prostatektomiya – prostatani olib tashlash (odatda saraton holatida).
  • Buyrak kistalarini olib tashlash – laparoskop orqali buyrak kistalari kesib tashlanadi.


✅ Afzalliklari:

  • Kam qon yo‘qotish
  • Kam ogʻriq
  • Tez sog‘ayish (2–5 kun ichida uyga chiqish mumkin)
  • Estetik chandiq (kichik iz qoladi)
  • Kamroq infeksiya xavfi
     

⚠️ Eslatma:


Laparoskopik operatsiyani har doim ham bajarish mumkin emas. Masalan, juda katta o‘simta, oldingi og‘ir operatsiyalar, yoki ayrim yurak-qon tomir muammolari bo‘lgan bemorlarga ochiq operatsiya tavsiya etiladi.

 

#Tibbiyot #Sog'liq #Urologiya
Ulashish: