Blogga qaytish Yangilik 21 Yan, 2026

AZOSPERMIYA

Admin Muallif
AZOSPERMIYA

Erkak bepushtligi bugungi kunda jiddiy muammolardan biri bo‘lib, har 10 juftlikdan kamida bittasi farzand ko‘rish muammosiga duch keladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar omili 40–50% hollarda bepushtlik sababchisi hisoblanadi. Bu holatning eng og‘ir shakllaridan biri — azospermiya bo‘lib, bu spermada spermatozoidlarning butunlay yo‘qligi bilan tavsiflanadi.

Azospermiyaning turlari:

1. Sekretsion (Non-obstruktiv) azospermiya

  • Moyaklar spermatozoid ishlab chiqarmaydi yoki juda kam ishlab chiqaradi.
  • Sabab — gormon, genetika yoki moyakning o‘zi zararlangan.

2. Obstruktiv (to‘siqli) azospermiya

  • Sperm ishlab chiqiladi, ammo chiqib ketish yo‘llarida to‘siq bor.
  • Masalan: urug‘ yo‘llari tiqilib qolgan, tug‘ma yo‘llar yo‘q, yallig‘lanishdan keyin yopishish.

 3. Aralash (kombinatsiyalashgan)

  • Ikkala muammo — ham ishlab chiqish past, ham chiqish yo‘llarida to‘siq.

Kelib chiqish sabablari:

1. Sekretsion azospermiya sabablari

  • Gormonal buzilish (FSH, LH, testosteron past)
  • Moyak yetishmovchiligi (Klinefelter sindromi)
  • Moyakning jarohati
  • Varikosele (urug‘ simlari kengayishi)
  • Infeksiya (mumps — “svinka” kasalligi)
  • Radiatsiya / kimyoviy moddalarga ta’sir
  • Anabolik steroidlar (sportchilar ko‘p ishlatadi)

 2. Obstruktiv azospermiya sabablari

  • Ejakulyatsiya yo‘llarida tiqilish
  • Tug‘ma urug‘ yo‘llarining yo‘qligi (CBAVD)
  • Prostatitdan keyingi yopishish
  • Jarrohlik asoratlari
  • Vazektomiya qilgan bo‘lsa

 3. Boshqa sabablar

  • Qandli diabet (retrograd ejakulyatsiya)
  • Stress, semizlik, chekish
  • Giyohvandlik
  • Zaharli moddalar (qurilish changi, pestitsidlar)

Davolash turlari:

1. OBSTRUKTIV (TO‘SIQLI) AZOSPERMIYA DAVOSI

Bu turdagi azospermiya ko‘p hollarda to‘liq davolanadi.

  • Urug‘ yo‘llarini ochish operatsiyasi
  • Varikosele operatsiyasi
  • Yallig‘lanishni davolash
  • Ejakulyatsiya yo‘llarini endoskopik ochish
    Natija juda yuqori.
#Tibbiyot #Sog'liq #Urologiya
Ulashish: